Quvayt va Saudiya Arabistoni Durra gaz koni ikki davlatning mulki ekanligini ma’lum qildi

Quvayt va Saudiya Arabistoni Fors ko‘rfazidagi Durra gaz konini o‘z ichiga olgan bo‘lingan neytral hudud sifatida tanilgan hudud ikki davlatning yagona mulki ekanligini ma’lum qildi.

2019579
Quvayt va Saudiya Arabistoni Durra gaz koni ikki davlatning mulki ekanligini ma’lum qildi

 

Quvayt va Saudiya Arabistoni Fors ko‘rfazidagi Durra gaz konini o‘z ichiga olgan bo‘lingan neytral hudud sifatida tanilgan hudud ikki davlatning yagona mulki ekanligini ma’lum qildi.

Quvayt va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirliklari tomonidan berilgan mushtarak bayonotda, mintaqa boyliklaridan foydalanish huquqi to'liq ikki davlatga tegishli ekanligi qayd etildi.

Bayonotda,

“Xalqaro huquq va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlariga muvofiq, Quvayt va Saudiya Arabistoni Eronni boʻlingan mintaqaning sharqiy chegarasi boʻyicha muzokaralar olib borishga chaqirishlarini takrorlaydi”.  ıfodalari  kiritildi.

Eron neft vaziri Javad Ovchi 2 avgust kuni vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng matbuotga bayonot berdi.

  Fors ko’rfazidagi Arash/Durra gaz maydonida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini Quvaytga yetkazganliklarini bildirgan edi.

Fors ko‘rfazida joylashgan va 1967-yilda kashf etilgan Arash/Durra gaz koni yillar davomida Eron va Quvayt o‘rtasida muammo tug‘dirib kelmoqda.

  Gaz konining Eron tomonidagi qismi “Arash”, Quvayt tomoni esa “Durra” deb nomlanadi.

Saudiya Arabistoni va Quvayt 2022-yil mart oyida Durra gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi.

Eron esa bu kelishuvning "noqonuniy" ekanligini ta'kidlab, mintaqada burg'ulash ishlarini boshlashini e'lon qilgan edi.

3 iyul kuni Quvayt Eronni mintaqadagi dengiz chegarasini belgilash uchun muzokara o'tkazishga taklif qilgan, Tehron ma'muriyati esa bu borada hech qanday bayonot bermagan.

Bu haqda 27 iyul kuni Kuvayt neft vaziri Saad al-Barak bayonot bergan edi.

Quvayt Eron bilan chegara chizilishini kutmasdan Durra gaz konida qidiruv va ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi” deya bildirgan edi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Durra gaz koni , #Saudiya Arabiston , #Quvayt

Aloqador xabarlar