Jazoirda havo haroratining ko‘tarilishi sababli ogohlantirish darajasi qizil rangga ko‘tarildi

Jazoir meteorologiya instituti tomonidan berilgan yozma bayonotda, yuqori issiqlik to'lqinining mamlakat bo'ylab davom etgani va ba'zi shaharlarda havo haroratining 48 darajadan oshib ketgani qayd etildi.

2015164
Jazoirda havo haroratining ko‘tarilishi sababli ogohlantirish darajasi qizil rangga ko‘tarildi

 

Jazoirda havo haroratining ko‘tarilishi sababli ogohlantirish darajasi qizil rangga ko‘tarildi.

Jazoir meteorologiya instituti tomonidan berilgan yozma bayonotda, yuqori issiqlik to'lqinining mamlakat bo'ylab davom etgani va ba'zi shaharlarda havo haroratining 48 darajadan oshib ketgani qayd etildi.

Berilgan signal darajasining to'q sariqdan qizilga oshirilganiga e'tibor qaratgan bayonotda,bu har yili iyul oyidagi odatdagi havo haroratiga nisbatan “juda yuqori harorat bilan tavsiflangan og‘ir ob-havo sharoiti” bilan bog‘liqligi ta’kidlandi.

Meteorologiya instituti shanba kuni butun mamlakat boʻylab, jumladan, qirgʻoqboʻyi hududlarida havo harorati soyada 48 darajaga yetishini eʼlon qilganidan soʻng toʻq sariq rangli ogohlantirish eʼlon qilingan edi.

Jazoir Fuqarolik Mudofaa Boshqarmasi ham kecha havo harorati tufayli mamlakat shimolidagi 7 ta shaharda o'rmon yong'inlari chiqqanini, havo va quruqlikdagi o'chirish ishlarining davom etganini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #qizil rang , #harorat , #Jazoir

Aloqador xabarlar