Meksikada futbol maydoniga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Politsiya boshlig'i Alejandro Rosales yakshanba kuni provinsiyaning Atotonilko de Tula shahrida futbol maydoniga qurolli hujum sodir bo'lganini aytdi.

1987177
Meksikada futbol maydoniga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

 

Meksikaning Xidalgo shtatida futbol maydoniga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida olti kishi halok bo‘ldi.

Politsiya boshlig'i Alejandro Rosales yakshanba kuni provinsiyaning Atotonilko de Tula shahrida futbol maydoniga qurolli hujum sodir bo'lganini aytdi.

Hujum oqibatida 6 kishining hayotdan ko'z yumgani va ulardan 3 nafarining 18 yoshdan kichik bo'lgani bildirildi. Guvohlarning aytishicha, jarohatlanganlar ham bor.

Rasmiylar hujum sabablari haqida ma'lumot bermagan bo'lsa-da, mahalliy aholi hodisa qo'shni shtatdagi odamlar bilan dushmanlik tufayli yuzaga kelgan bo'lishi mumkinligini da'vo qilmoqda.

Meksikaning Morelos shtatida 2022-yil sentabr oyida qurolli shaxslar futbol o‘yini vaqtida muxlislarga qarata o‘t ochishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #hujum , #futbol maydoni , #Meksika

Aloqador xabarlar