Germaniya Ukrainaga 5 ta MiG-29 samolyotlarini yetkazib berishni maqulladi

Germaniya Polsha hukumatining Sharqiy Germaniya milliy xalq armiyasi zahiralaridan Ukrainaga 5 ta MiG-29 samolyotlarini yetkazib berish bo'yicha arizasini ma'qulladi.

1974873

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius mavzuga oid bayonotida,

"Men polshalik hamkorlarimizga shuni ma'lum qilishdan mamnunmanki, biz sobiq NVA zaxiralaridan 5 ta MiG-29 Ukrainaga yetkazilishini va'da qilishimiz mumkin" dedi.

"Federal hukumat sifatida birgalikda shunday qarorga kelganimizdan mamnunman. Bu Germaniyaga ishonish mumkinligini ko'rsatadi", - dedi Pistorius.

Polsha prezidenti Anjey Duda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 5 aprel kuni Varshavaga tashrifi chog‘ida o‘z mamlakatidagi barcha MiG-29 samolyotlarini Ukrainaga yetkazib berishini ma’lum qildi.

Germaniya Polshaga 23 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini sotdi, uni 2002 yilda Sharqiy Germaniya milliy xalq armiyasidan (NVA) qabul qilib oldi.

Germaniyadan meros qolgan MiG-29 samolyotlaridan tashqari Polshada sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi va sobiq Chexoslovakiya tomonidan yetkazib berilgan MiG-29 samolyotlari ham mavjud.

Polshadan tashqari Slovakiya ham Kiyevga 4 ta MiG-29 yetkazib berganini ma’lum qildi.

Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Polsha , #Germaniya

Aloqador xabarlar