Saudiya Arabistoni: Ka'bada 10 kunda 9 milliondan ortiq musulmon namoz o‘qidi

Saudiya Arabistoni Haramayn ishlari vazirligi mavzu haqida ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bayonot berdi.

1970359
Saudiya Arabistoni: Ka'bada 10 kunda 9 milliondan ortiq musulmon namoz o‘qidi

Saudiya Arabistoni, Ramazon oyining dastlabki 10 kunida 9 milliondan ortiq musulmon Ka’bada namoz o‘qiganini ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni Haramayn ishlari vazirligi mavzu haqida ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bayonot berdi.

Unda, Haram masjidida Ramazon oyining ilk 10 kunda 9 million 357 ming 853 nafar musulmon umra ibodatini ado etgani va namoz o‘qigani qayd etildi.

Masjid-i Nabaviy yetakchiligi tomonidan berilgan bayonotda esa, Ramazon oyining birinchi o‘n kunligida 10,3 million musulmon Masjid-i Nabaviyni ziyorat qilgani va namoz o‘qigani ifoda etildi.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi, 26-mart kuni bergan bayonotida, “Yana-da ko‘proq insonga ibodat qilish imkoni berish uchun” Ramazon oyida hammaning faqatgina bir marotaba Umra ziyoratiga kelishi mumkinligini bildirgandi.


Tanlangan kalimalar: #namoz , #Ramazon oyi , #Ka'ba , #umra ibodati

Aloqador xabarlar