Zelenskiy Yaponiya Bosh vaziri Kishida Fumio bilan uchrashdi

Yaponiya Bosh vaziri Kishida Fumio Kiyevda.

1963269
Zelenskiy Yaponiya Bosh vaziri Kishida Fumio bilan uchrashdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaponiya Bosh vaziri Kishida Fumio bilan uchrashdi.

Zelenskiy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, “Xalqaro tartibning kuchli himoyachisi va Ukrainaning eski do‘sti, Bosh vazir Kishidani Kiyevda ko‘rganimdan xursandman”,-dedi.

Zelenskiy unda shuningdek: “Bosh vazir Kishida Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomining maqsadi va tamoyillari hamda xalqaro xavfsizlikni himoya qilish uchun global yetakchilikni faollashtirish muhim boʻlgan bir paytda keldi”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi, Bosh vazir Kishida may oyida Xiroshimada bo‘lib o‘tadigan G-7 Liderlar sammiti oldidan Yaponiyaning Ukrainani qanchalik qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlamoqchi ekanini qayd etgandi.



Aloqador xabarlar