Kishida Ukrainada Zelenskiy bilan uchrashadi

Bosh vazir Kishida Fumio Ukrainada Prezident Zelenskiy bilan uchrashadi.

1962700
Kishida Ukrainada Zelenskiy bilan uchrashadi

Yaponiya Bosh vaziri Kishida Fumio Ukrainaga tashrif buyurib, Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotiga ko‘ra, Bosh vazir Kishida Fumio Ukrainada Prezident Zelenskiy bilan uchrashadi.

Kishida may oyida Xiroshimada bo‘lib o‘tadigan G-7 Liderlar sammiti oldidan mamlakatining Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlaydi. Bosh vazir Kishida ertaga Polshaga ham tashrif uyushtiradi.

Yaponiya Bosh vaziri Rossiya-Ukraina inqirozi boshlagan 2022-yil fevralidan beri Ukrainaga tashrif uyushtirmagan G-7 tarkibidagi yagona davlat rahbari edi.

Kishida Ukrainadan kelgan takliflar haqida bergan bayonotida, munosib vaqt kutayotganini ifoda etgandi.

 



Aloqador xabarlar