Polsha K2 Black Panther tanklarini ishlab chiqarmoqchi

Polsha Mudofaa vaziri Mariush Blaszczak, Janubiy Koreyadan sotib olingan K2 Black Panther tanklarini ishlab chiqarishlarini va bu doirada yangi ish o'rinlari yaratilishini aytdi.

1954221

Poznandagi harbiy avtomobil zavodiga tashrif buyurgan Blashchak, "Janubiy Koreyadan sotib olingan K2 Black Panther tanklari zavodda saqlanadi",- dedi.

"Ushbu tanklarni ta'mirlash va ishlab chiqarish ham shu yerda amalga oshiriladi. Poznan va Vilkopolska shaharlarida yangi ish o'rinlari yaratiladi",-deydi u.

U shuningdek, "Ushbu tanklardan 180 tasi birinchi bosqichda yetkazib beriladi va to'g'ridan-to'g'ri Janubiy Koreyadan keladi. Keyingilari birgalikda Poznanda ishlab chiqariladi",-dedi.

1945 yilda Poznan shahrida tashkil etilgan harbiy avtomobil zavodi og'ir tonnali harbiy transport vositalarini ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish, ta'mirlash va himoya qilish uchun mas'uldir va Polsha tomonidan ishlatiladigan Germaniyada ishlab chiqarilgan Leopard-2 tanklari uchun vakolatli markaz sifatida ham tanilgan.

Polsha Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan jadallashgan qayta qurollanish dasturi doirasida Janubiy Koreyadan 1000 K2 sotib olishni rejalashtirmoqda.

Tanlangan kalimalar: #K2 Black Panther , #Polsha

Aloqador xabarlar