BMT, zilzilalardan jabr ko'rgan yarim million kishiga yordam qo'lini cho'zdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan jabr ko'rgan yarim million kishiga yordam qo'lini cho'zishni maqsad qilganini ma'lum qildi.

1944906
BMT, zilzilalardan jabr ko'rgan yarim million kishiga yordam qo'lini cho'zdi

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan jabr ko'rgan yarim million kishiga yordam qo'lini cho'zishni maqsad qilganini ma'lum qildi.

WFP tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, 6-fevraldagi falokatdan keyin WFPning oziq-ovqat yordami 7-fevraldan beri Suriyada, 8-fevraldan esa Turkiyada zilzila qurbonlariga yetkazilmoqda.

Har ikki mamlakatda 500 ming kishiga erishishni maqsad qilgan WFP, 8 fevral holatiga ko'ra, oziq-ovqatga muhtoj bo'lgan 64 ming kishiga yetdi.

Shu doirada zilzila qurbonlarining shoshilinch oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji tayyor oziq-ovqat paketlari, oilaviy oziq-ovqat posilkalari va issiq ovqat bilan ta’minlandi.

WFP Turkiyaning zilziladan eng ko'p zarar ko'rgan janubi-sharqiy mintaqasidagi Vaqtinchalik boshpana markazlariga oilaviy oziq-ovqat posilkalarini yetkazib berish uchun Migratsiyani boshqarish boshqarmasi bilan muvofiqlashgan holda ishlashni davom ettirmoqda.

Hozirda vaqtinchalik himoyada bo'lgan 44 ming Suriyalik qochqindan tashqari, zilzila tufayli ko'chirilgan Turkiya fuqarolari ham ushbu markazlarda boshpana topgan.

Shu doirada WFP Turk Qizil Yarim Oy jamiyati va lager rahbariyati bilan yaqin hamkorlikda O’smaniyadagi Jevdetiye lageridagi zilzila qurbonlari soni 17 ming kishiga oilaviy oziq-ovqat paketlarini tarqatishni boshladi.

WFP, shuningdek, janubi-sharqdagi munitsipalitetlarni zilzila qurbonlarini kundalik issiq ovqat bilan ta'minlash uchun osh oshxonalarini kengaytirishda qo'llab-quvvatlaydi.

Suriyada WFP va uning hamkorlari 38 ming zilzila jabrdiydalariga boshpanalarda yashashga tayyor oziq-ovqat paketlari va issiq ovqat yetkazib berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar