Rossiya Polshaga 500 ming tonna neft yubordi

Transneftning Rossiya axborot agentligi TASSga bergan bayonotida, fevral oyida Qozog'istondan Germaniyaga 20 ming tonna neft jo'natish uchun zarur faoliyatlar amalga oshirilgani bildirildi.

1940689
Rossiya Polshaga 500 ming tonna neft yubordi

 

Rossiya neft quvurlari operatori Transneft yanvar oyida Polshaga 500 ming tonna Rossiya neftini jo'natganini ma'lum qildi.

Transneftning Rossiya axborot agentligi TASSga bergan bayonotida, fevral oyida Qozog'istondan Germaniyaga 20 ming tonna neft jo'natish uchun zarur faoliyatlar amalga oshirilgani bildirildi.

Neftni yetkazish "Drujb"a neft quvuri orqali amalga oshirilishi ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, bu jarayon hozir Qozog'iston tomonining tashabbusi bilan olib borilmoqda.

Bayonotda Polsha Rossiya neftini sotib olishda davom etganiga e'tibor qaratilib, yanvar oyida bu davlatga 500 ming tonna rus nefti jo'natilgani bildirildi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukraina urushi tufayli Rossiya neftini sotib olishni kamaytirishga harakat qilar ekan, Rossiya energetika sektoriga turli sanksiyalar qo'llanmoqda.

"Drujba" neft quvuri esa sanksiyalar doirasidan chiqarildi.


Tanlangan kalimalar: #Polsha , #Rossiya

Aloqador xabarlar