Avstriyadagi prezidentlik saylovlarida Van der Bellen g‘alaba qozondi

9 oktyabr kuni Avstriyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Avstriyaning amaldagi prezidenti Aleksandr Van der Bellen katta farq bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi muddatga saylangan Van der Bellen 54,6 foiz ovoz to‘pladi.

1890723
Avstriyadagi prezidentlik saylovlarida Van der Bellen g‘alaba qozondi

 

Avstriyada kecha bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident Aleksandr Van der Bellen 56 foiz ovoz bilan ustunlikni qo'lga kiritdi.

Taxminan 6 million 400 ming saylovchi bo'lgan Avstriyada saylovchilarning 66 foizi saylovda qatnashdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, amaldagi prezident Van der Bellen taxminan 56 foiz ovoz bilan ikkinchi marta prezident etib saylandi.

O‘ng qanot populistik Avstriya Ozodlik partiyasi vakili Valter Rozenkrans 18 foiz bilan saylovda eng ko‘p ovoz olgan ikkinchi nomzod bo‘ldi.

Rasmiy natijalar hafta davomida Ichki ishlar vazirligi tomonidan e'lon qilinishi kutilmoqda.

Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun Avstriya prezidentligiga nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak edi. Shunday qilib, Van der Bellen ikkinchi olti yillik muddatga qayta saylanadi.


Tanlangan kalimalar: #Avstriya , #Aleksandr Van der Bellen

Aloqador xabarlar