Borrell Ukrainadan don eksporti bo'yicha Rossiyaning iddaolariga munosabat bildirdi

“Ukrainadan eksport qilinayotgan don mahsulotlarining asosiy qismi muhtoj mamlakatlarga yoʻnaltirildi. Ma'lumotlarga bir nazar tashlang. Ukrainadan don eksportining uchdan ikki qismi Afrika, Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi”, dedi u.

1882161
Borrell Ukrainadan don eksporti bo'yicha Rossiyaning iddaolariga munosabat bildirdi

 

Yevropa Ittifoqining Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili Josep Borrell Ukrainaga harbiy yordam berish bo'yicha qarorni oktyabr oyida qabul qilish mumkinligini aytdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 77-Bosh Assambleyasi yig'ilishi doirasida Nyu-Yorkda bo'lgan Borrell sammit kun tartibi bo’yicha jurnalistlarga bayonot berdi.

Rossiyaning "Ukrainadan eksport qilinayotgan don mahsulotlarining asosiy qismi Yevropa Ittifoqiga ketmoqda" degan iddaolariga javoban Borrell shunday dedi:

“Ukrainadan eksport qilinayotgan don mahsulotlarining asosiy qismi muhtoj mamlakatlarga yoʻnaltirildi. Ma'lumotlarga bir nazar tashlang. Ukrainadan don eksportining uchdan ikki qismi Afrika, Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi”.

U shuningdek, Yevropa Ittifoqining Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish haqidagi qarori haqida gapirdi.

“Umid qilamanki, biz bu qarorni oktyabr oyida boʻlib o’tadigan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida qabul qila olamiz. Oktyabr oyidagi tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida taklifni muhokama qilishimiz mumkin va bu juda tez jarayon boʻladi”, dedi u.

Borrell harbiy yordam nimani qamrab olishi haqida ma'lumot bermadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Josep Borrell

Aloqador xabarlar