Peskov don eksportidagi rus mahsulotlari holatiga e'tibor qaratdi

Dmitriy Peskov, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin oʻrtasida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan uchrashuv va don eksporti mavzusini baholadi.

1878172
Peskov don eksportidagi rus mahsulotlari holatiga e'tibor qaratdi

Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Qoradengizdan don eksport qilish masalasidagi kelishuvning birinchi qismi Türkiye oʻrtamchiligida hal qilingani, rus don mahsulotlari eksporti muammosi esa hali hanuz yechim topmaganini qayd etdi.  

Dmitriy Peskov poytaxt Moskvada jurnalistlarga bergan intervyusida, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin oʻrtasida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan uchrashuv va don eksporti mavzusini baholadi.

Uchrashuvning kelasi hafta Oʻzbekistonning Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotganini ifoda etgan Peskov, unda ikki davlat rahbarining don eksporti bilan bogʻliq jarayonni ham muhokama qilishlari koʻzda tutilayotganini bildirdi.

Peskov, Ukrainadan yoʻlga chiqqan donlarning faqir davlatlarga ketmaganiga e’tibor qaratar ekan bu haqida:

“Faqatgina ikkita don kemasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan faqir deb belgilangan mamlakatlarga joʻnatildi”.-dedi.

Amerika va yevropalik rasmiylar tomonidan Rossiya oziq-ovqat va don mahsulotlariga nisbatan hech qanday sanksiya kiritilmagani haqida bayonotlar berilganini yodga solgan Dmitriy Peskov:

“Bu qonuniy jihatdan toʻgʻri boʻlsa-da, aslida Rossiya oziq-ovqat va don mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqishi juda qiyin va cheklangan vaziyatda. Chunki tijorat kemalari portlarga kira olmayotgani uchun ularni sug‘urta qilish imkoni yoʻq. Shu bois kemalarga ham xizmat ko‘rsatilmayapti”.-deya gapirdi.

Matbuot kotibi Peskov, Rossiya mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqishi bilan bogʻliq muammolar hal qilinmaganini ta’kidlagan holda:

“Don eksport qilish rejasi ustidan kelishib olinganida, Qoradengizdagi vaziyat oldidagi monelik bekor qilindi. Bu holatning rus mahsulotlarining xalqaro bozorlarga eksport qilinishi jarayoni bilan bog‘liq bo‘lishi anglashilgan edi. Mazkur kelishuvning bir tomoni toʻgʻridan-toʻgʻri Rossiya va Türkiyening bebaho oʻrtamchiligi bilan hal qilindi. Ikkinchi qism esa hal boʻlmadi. Bu, maxsus muzokarani talab qiladi”.-dedi.

 



Aloqador xabarlar