Putin Erdoʻgʻanga minnatdorchilik bildirdi

Vladimir Putin Prezident Erdoʻgʻan bilan Ostona sammiti doirasida Eron poytaxti Tehronda uchrashdi.

1857057
Putin Erdoʻgʻanga minnatdorchilik bildirdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanga, Qora dengiz orqali don eksporti va oziq-ovqat muammosi masalasida oʻrtamchilik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Vladimir Putin Prezident Erdoʻgʻan bilan Ostona sammiti doirasida Eron poytaxti Tehronda uchrashdi.

Uchrashuvning matbuotga ochiq qismida bayonotlar bergan Putin, Ostona formati doirasida uchrashish imkoniyatidan mamnunligini bildirib, muhokama qilinadigan koʻplab masala borligini ifoda etdi.

Ukraina bilan 24-fevralda boshlagan urush tufayli don eksporti muammosiga toʻxtalgan Putin:

“Vositachilik sa’y-harakatlaringiz, oziq-ovqat muammolari va Qora dengiz orqali don eksporti bo‘yicha uyushtirilgan muzokralar uchun Turkiyada platforma yaratganingiz uchun rahmat”-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar