Daniyada uyushtirilgan qurolli hujumda ko'p sonda halok va yarador borligi bildirildi

Daniya poytaxti Kopengagendagi savdo markaziga (SM) uyushtirilgan qurolli hujumda ko'p sonda halok bo'lgan va yaralanganlar borligi bildirildi.

1851381

Kopengagen politsiyasi matbuot kotibi Soren Tomasse poytaxtning Amager tumanidagi savdo markazida uyushtirilgan hujumda ko'p odam halok bo'lganini, yaradorlardan ba'zilarining ahvoli og'ir ekanini aytdi.

Hujum ortidan bir gumondorning qo'lga olinganini tilga olgan Tomas, bu shaxsning 22 yoshda va Daniya asli ekanligini, terror hujumi bo'lishi ehtimolini istisno qilmadilar.

Politsiyaning tergovlarini davom ettirayotgani haqidagi ma'lumotni baham ko'rgan Tomas, hujumchining yagona shaxs ekanligi aniq bo'lmaguncha mintaqada yuqori darajadagi chora-tadbirlar davom etishini qayd etdi.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Hujum , #Daniya

Aloqador xabarlar