Raisiy bilan Lavrov hamkorlik va muvofiqlashtirishni kuchaytirish masalasini muhokama qildi

Ibrohim Raisiy, rasmiy taklif bilan poytaxt Tehronda bo‘lgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov bilan uchrashdi.

1847283
Raisiy bilan Lavrov hamkorlik va muvofiqlashtirishni kuchaytirish masalasini muhokama qildi

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik va muvofiqlashtirishni kuchaytirish masalasini muhokama qildi.

Eronning IRNA rasmiy xabar agentligi ma’lumotiga ko‘ra Ibrohim Raisiy, rasmiy taklif bilan poytaxt Tehronda bo‘lgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov bilan uchrashdi.

Raisiy bilan Lavrov o‘zaro munosabatlardan tashqari mintaqaviy va xalqaro masalalar ustidan fikr almashdilar.

Prezident Raisiy, Eron bilan Rossiya o‘rtasida olib borilgan muzokaralar va yig‘ilishlarning ikki davlatning yangi strategik hamkorlik davrini shakllantirish borasidagi jiddiy irodasini ko‘rsatganini bildirdi.

Raisiy,

“Hamkorlik va muvofiqlashtirishni kuchaytirish, Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) mustaqil davlatlarga qarshi kiritgan iqtisodiy sanksiyalari bilan bir tomonli siyosatiga qarshi samarali strategiyadir.-dedi.

Ukrainadagi oxirgi vaziyatlarga ham e’tibor qaratgan Raisiy, urushni imkon qadar tezroq tugatishning ahamiyati va o‘lkasining diplomatik yechim uchun yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.

NATOning G‘arbiy Osiyo, Kavkaz va Markaziy Osiyo kabi dunyoning turli mintaqalarida “kengayish siyosati” yuritayotganini qayd etib, bunga qarshi turilishi kerakligini qayd etgan Raisiy:

“Bu mojarolarning paydo boʻlishida AQSh va NATO provokatsiyalarining muhim rol oʻynaganidan shubha yoʻq”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov ham Tehron-Moskva hamkorligining turli jihatlari, jumladan, iqtisodiy sohani ham baholadi. Lavrov, Rossiyaning Eron bilan hamkorlikni strategik darajaga olib chiqishga tayyorligini ifoda etdi.

Shuningdek, Eronning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zoligiga ham to‘xtalgan rossiyalik vazir, yurtining Eronning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlardagi rolini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashini takrorladi.



Aloqador xabarlar