Jozep Borrel:"Rossiya ataylab global ochlikni kuchaytirmoqda"

Josep Borrel Lyuksemburgda bo'lib o'tgan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishidan keyin matbuotga bayonot berdi.

1846198
Jozep Borrel:"Rossiya ataylab global ochlikni kuchaytirmoqda"

 

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Jozep Borrelning aytishicha, Rossiya ataylab global ochlikni kuchaytirmoqda va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari javobgar degan fikrni tarqatishga harakat qilmoqda.

Josep Borrel Lyuksemburgda bo'lib o'tgan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishidan keyin matbuotga bayonot berdi.

Ukraina eksportini to'sib qo'ygan Yevropa Ittifoqi emas, Rossiya ekanini ta'kidlagan Borrel, "Portlarga, oziq-ovqat zahiralariga va transport infratuzilmalariga biz emas, Rossiya zarar yetkazmoqda”, - dedi.

Buni "Rossiyaning dunyoda ochlik yaratish uchun qilingan ongli qadami" deb ta'riflagan Borrel, Moskva ma'muriyati Yevropa Ittifoqi sanksiyalari oqibatlari uchun YI javobgar ekanligi haqidagi targ'ibotni tarqatganini aytdi.

U shuningdek, komissiyadan Afrika davlatlari tashqi ishlar vazirlariga va barcha moliyaviy va iqtisodiy ishtirokchilarga bu vaziyatni tushuntiruvchi maktub yuborishni so'ragan.

Borrel maktubda oziq-ovqat va o'g'itlarning Yevropa Ittifoqi sanksiya siyosati doirasidan tashqarida ekanligi e'lon qilininishini ta'kidladi.

Oliy vakil, shuningdek, Sahel mintaqasida oziq-ovqat xavfsizligini bartaraf etish uchun 1 milliard evro ajratilganligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Jozep Borrel , #Rossiya

Aloqador xabarlar