YI, Rossiyaning Ukrainadagi tinch aholini nishonga olgan hujumlarni qoralaganini bildirdi

Yevropa Ittifoqi (YI) Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Jozep Borrel Rossiyaning Ukrainada 24-fevraldan beri davom etayotgan hujumlari haqida bayonot berdi.

1814140
YI, Rossiyaning Ukrainadagi tinch aholini nishonga olgan hujumlarni qoralaganini bildirdi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi tinch aholini nishonga olgan hujumlarni qoralaganini bildirdi.

Yevropa Ittifoqi (YI) Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Jozep Borrel Rossiyaning Ukrainada 24-fevraldan beri davom etayotgan hujumlari haqida bayonot berdi. Xosep Borrell

"Ukraina oxirgi haftalarda Rossiyaning eng kuchli raketa hujumlariga uchradi. Yevropa Ittifoqi Rossiya qurolli kuchlari tomonidan tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasini beg'araz va noqonuniy bombardimon qilishini qoralaydi". deya qayd etdi.

Ayniqsa, o'lkaning sharqi va janubida og'ir hujumlar davom etayotganini ifoda etgan Borrell, Lugansk va Xarkov kabi mintaqalarda tinch aholining o'qqa tutilganini, fuqarolik infratuzilmasi vayron  qilinganini  aytdi.

Ukrainada sodir etilgan urush jinoyatlari jazosiz qolmasligi kerakligini ta'kidlagan Borrell, Yevropa Ittifoqining Ukraina xalqi yonida ekanligini va uni qo'llab-quvvatlashda davom etishini qayd etdi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi tinch aholini nishonga olgan hujumlarni qoralaganini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar