Yevroittifoq mulozimlari Leyen va Xosep Borrel Ukrainaga tashrif buyuradi

Ursula fon der Leyenning matbuot kotibi Erik Mamer ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti orqali tashrif haqida bayonot berdi.

1807447
Yevroittifoq mulozimlari Leyen va Xosep Borrel Ukrainaga tashrif buyuradi

 

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen va Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Xosep Borrel Ukrainaga tashrif buyurishi ma’lum qilindi.

Ursula fon der Leyenning matbuot kotibi Erik Mamer ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti orqali tashrif haqida bayonot berdi. 

“Leyen va Borrell shanba kuni Polsha poytaxti Varshavada boʻlib oʻtadigan “Ukraina uchun oyoqqa tur!” nomli tadbir oldidan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashish maqsadida shu hafta Kiyevga boradi",-dedi u.

Ushbu tashrifning aniq kuni ma'lum qilinmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Xosep Borrel , #Ukraina , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar