Rossiya fuqarolarini himoya qilish niqobi ostida keskinlikni kuchaytirish uchun bahona qidirmoqda

Uchrashuvda Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressiga oʻz mamlakati duch kelayotgan xavfsizlik muammolari oldida Ukraina xalqi bilan birdamligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

1764240
Rossiya fuqarolarini himoya qilish niqobi ostida keskinlikni kuchaytirish uchun bahona qidirmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaning “vaqtinchalik bosib olingan hududi”dagi odamlarga pasport berishda davom etib, Rossiya fuqarolarini himoya qilish niqobi ostida keskinlikni kuchaytirish uchun bahona qidirayotganini aytdi.

Ukraina prezidentligi bayonotiga ko‘ra, Zelenskiy Kiyevda Amy Klobuchar, Robert Portman, Chris Merphy, Janne Shaheen, Richard Blumenthal va Roger Wickerdan iborat amerikalik senatorlar delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressiga oʻz mamlakati duch kelayotgan xavfsizlik muammolari oldida Ukraina xalqi bilan birdamligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Delegatsiyani Ukraina chegaralaridagi xavfsizlik holati haqida ma’lum qilgan Zelenskiy Rossiyaga qarshi profilaktik sanksiyalar paketini tayyorlash zarurligiga e’tibor qaratdi.

Uchrashuvda Zelenskiy Rossiya Ukrainaning “vaqtinchalik bosib olingan hududi”dagi aholiga pasport berishda davom etib, Rossiya fuqarolarini himoya qilish niqobi ostida keskinlikni kuchaytirish uchun bahona qidirayotganini aytdi.

Amerikalik senatorlar ham Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashlarini bildirib, mamlakat oʻz xavfsizligini taʼminlash yoʻllarini mustaqil tanlash huquqiga ega ekanligini taʼkidladilar.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar