BMTning Suriya bo'yicha vakili Pedersen Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Geir O. Pedersen Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyan bilan uchrashdi.

1763577
BMTning Suriya bo'yicha vakili Pedersen Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Suriya bo'yicha maxsus vakili Geir O. Pedersen Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyan bilan uchrashdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, poytaxt Tehronda bo'lgan Pedersen va Abdullahiyanning Suriyadagi o'zgarishlarni muhokama qilgani ma'lum qilindi.

Bayonotga ko'ra, "Amerika Qo'shma Shtatlarining Suriyadagi mavjudligi va Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari siyosiy yechim jarayoniga zarar yetkazganini" ifoda etgan Abdullahiyan, xalqaro hamjamiyatning bu masalaga e'tibor qaratishi kerakligini ta'kidladi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar