AQSh borgan afg'onlar orasida oilalarisiz evakuatsiya qilingan taxminan 1450 nafar bola bor

AQSh borgan afg'onlar orasida oilalarisiz evakuatsiya qilingan taxminan 1450 nafar bola bor

1753581
AQSh borgan afg'onlar orasida oilalarisiz evakuatsiya qilingan taxminan 1450 nafar bola bor

Afg'onistondan Amerika Qo'shma Shtatlariga (AQSh) borgan afg'onlar orasida oilalarisiz evakuatsiya qilingan taxminan 1450 nafar bola bor.

Avgust oyida Tolibon Afg‘onistonda nazorat o‘rnatgach, 100 mingdan ortiq afg‘on fuqarolari AQShga evakuatsiya qilingan edi.

AQSh Sog'liqni saqlash va inson xizmatlari departamenti ma'lumotlariga ko'ra, 1450 ga yaqin afg'on bolalari oilalarisiz bu mamlakatga olib ketilgan.

Rasmiylarning aytishicha, evakuatsiya qilingan bolalarning bir qismi AQShda homiylar va boshqa qarindoshlari bilan yashaydi, 250 ga yaqin bola hamon hukumat qaramog'ida.

Evakuatsiya qilingan bolalar o'z oilalari bilan uchrasha oladimi yoki yo'qmi, hozircha noma'lum.

Betartiblik muhitida amalga oshirilgan evakuatsiyalar chog'ida ba'zi bolalar oilalaridan ajralib qolgan, ba'zi oilalar Hamid Karzay xalqaro aeroportiga uyushtirilgan terror hujumida hayotdan ko'z yumgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bolarlar , #Afg'on , #AQSh , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar