Yaponiya Afg‘onistonga 100 million dollar gumanitar yordam berishini ma’lum qildi

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko'ra, Afg'onistonga sog'liqni saqlash, oziq-ovqat, suv va sanitariya vositalaridan iborat 100 million dollarlik yordam materiallari yuboriladi.

1750620
Yaponiya Afg‘onistonga 100 million dollar gumanitar yordam berishini ma’lum qildi

Yaponiya Afg‘onistonga 100 million dollar gumanitar yordam berishini ma’lum qildi.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko'ra, Afg'onistonga sog'liqni saqlash, oziq-ovqat, suv va sanitariya vositalaridan iborat 100 million dollarlik yordam materiallari yuboriladi.

Yordam 16 xil xalqaro tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) orqali yetkaziladi.

NHK jamoat teleradiokompaniyasining taʼkidlashicha, bu yordam Tolibon maʼmuriyati ishga kirishganidan keyin Yaponiya Afgʻonistonga yuboradigan ikkinchi yordam paketi boʻladi.

Yaponiya hukumati 2021-yil oktabr oyida Afg‘onistonga 58 million dollar favqulodda gumanitar yordam jo‘natgan.

Bundan tashqari, vazirlik Eron, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekistonga turli miqdorda insonparvarlik yordami yetkazilishini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Yordam , #Afg'oniston , #Yaponiya

Aloqador xabarlar