Filippinda yuz bergan to‘fon oqibatida 121 kishi halok bo’ldi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 780 ming kishi jabr ko'rgani va 300 ming qishloq aholisi evakuatsiya qilingani va xavfsiz hududlardan boshpana topilgani qayd etilmoqda.

1749677
Filippinda yuz bergan to‘fon oqibatida 121 kishi halok bo’ldi

 

Filippinning markaziy va janubiy provinsiyalariga yopirilgan “Ray” to‘foni oqibatida 121 kishi halok bo’ldi. Qurbonlarning aksariyati Sebu va Boxol orollarida halok bo‘lishgan.

Bu haqda Sky News nashri xabar berdi.

Xabarga ko’ra, tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan to'fon ko'plab hududlarda elektr ta'minotida uzilishlar va jiddiy vayronagarchiliklarga sabab bo'lgan.

Mamlakatning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy agentligi orollarga yetkazilgan zararni baholashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu elektr ta’minotidagi uzilishlar, infratuzilmaga zarar yetgani bilan bog‘langan.   

Hukumat tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarga suv, oziq-ovqat, chodirlar va boshqa zarur buyumlarni yetkazish uchun 2 mlrd peso (40 mln dollar) ajratishini ma’lum qilgan.

Taxminan 780 ming kishi tabiiy ofatdan jabr ko'rgani va 300 ming qishloq aholisi evakuatsiya qilingani va xavfsiz hududlardan boshpana topilgani qayd etildi.

Filippin armiyasi favqulodda yordam va qidiruv-qutqaruv ishlarini qo'llab-quvvatlash uchun mintaqaga qo'shin yubordi.

Filippinga har yili 20ga yaqin to‘fon yopiriladi. Bundan tashqari, mamlakat Tinch okeanidagi vulqonlar “olovli halqasi”da joylashgani sabab unda ko‘plab tabiiy ofatlar yuz berib turadi.


Tanlangan kalimalar: #Filippin

Aloqador xabarlar