Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil kuchlari 202 kundan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirmoqda.

2132089
Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 202 kundan beri uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlar soni 34 ming 305 nafarga yetdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 202 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Isroil kuchlarining oxirgi 24 soatda G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida falastinlik yana 43 kishi halok bo‘lgani, 64 kishi tan jarohati olgani bildirildi.

Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar sonining 34 ming 305 nafarga yetgani, tan jarohati olganlar sonining esa 77 ming 293 nafar ekanini ta’kidladi.

Bayonotda shuningdek, haligacha vayronalar ostida va yo‘l chetida qolib ketgan jasadlar borligi ammo ularni Isroilning moneligi yuzasidan olish imkoni bo‘lmagani ham qayd etildi.



Aloqador xabarlar