Bipin Ravatni olib ketayotgan harbiy vertolyot halokatga uchradi

Hindiston Bosh shtab boshlig‘i general Bipin Ravatni olib ketayotgan harbiy vertolyot halokatga uchradi.

1744614
Bipin Ravatni olib ketayotgan harbiy vertolyot halokatga uchradi

Hindiston Bosh shtab boshlig‘i general Bipin Ravatni olib ketayotgan harbiy vertolyot halokatga uchragani ma’lum qilindi.

Hindiston Harbiy-havo kuchlari Twitter orqali bergan bayonotida, ichida Qurolli kuchlar Bosh shtab boshlig‘i Ravat boʻlgan IAF Mi-17V5 rusumidagi vertolyotning Tamil Nadu yaqinida halokatga uchraganini bildirdi.

Hindiston Harbiy-havo kuchlari, shtab boshlig‘i Ravatning halokatda tan jarohati olib-olmagani haqida esa hech qanday ma’lumot bermadi.

Hindiston davlat teleradiokompaniyasi Prasar Bharati, yonayotgan vertolyotni o‘chirishga urinayotgan mahalliy xalqni ko‘rsatar ekan tan jarohati olgan uch kishining shifoxonaga yetkazilganini ma’lum qildi.

Indian Express xabariga ko‘ra, vertolyotda Bosh shtab boshlig‘i raisi Ravat, rafiqasi, ba’zi oila a’zolari va harbiy xodimlardan iborat 14 kishi bor edi.

Hindiston axborot agentligi Press Trust esa qulagan vertolyotning bir havo kuchlari bazasidan harbiy maktab tomon yoʻlga chiqqanini ifoda etdi.

Hodisa sabablarini aniqlash uchun tergov ishlari boshlatildi.


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #Bipin Ravat , #IAF Mi-17V5

Aloqador xabarlar