Rossiyaning Moskva viloyatida samolyot halokati ro’y berdi

“Aeroklassika” aviatsiya klubiga tegishli “Aeroprakt A-22” yakka motorli samolyotning yerga qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo’lgan.

1724557
Rossiyaning Moskva viloyatida samolyot halokati ro’y berdi

 

Rossiya poytaxti Moskvada samolyot halokati ro’y berdi. Fojiada ikki kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Moskva viloyatiga qarashli Ruza shahri yaqinlarida samolyot halokati sodir bo’ldi.

“Aeroklassika” aviatsiya klubiga tegishli “Aeroprakt A-22” yakka motorli samolyotning yerga qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo’lgan.

Samolyotning qulab tushish sabablari ma’lum emas. Tergov-surishtiruv harakati davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Moskva , #Rossiya

Aloqador xabarlar