AQSh Suriyada turk harbiylarga nisbatan sodir etilgan hujumni qoraladi

“NATOga a’zo ittifoqdoshimiz Turkiyaga chegara ortidan sodir etilgan hujumni qoralaymiz. Suriyada o’ldirilgan turk harbiylarining oilalariga chuqur hamdardlik bildiramiz”-,deb aytgan Ned Price matbuotga bergan brifingda.

1718911
AQSh Suriyada turk harbiylarga nisbatan sodir etilgan hujumni qoraladi

 

AQSh Suriyada turk harbiylarga nisbatan sodir etilgan teraktni qoralab, halok bo’lgan harbiylarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda AQSh davlat kotibligi voizi Ned Price matbuotga bergan brifingda ma’lum qilgan.

“NATOga a’zo ittifoqdoshimiz Turkiyaga chegara ortidan sodir etilgan hujumni qoralaymiz. Suriyada o’ldirilgan turk harbiylarining oilalariga chuqur hamdardlik bildiramiz”-,deb aytgan Ned Price matbuotga bergan brifingda.

Uning PKK/YPG terror tashkilotining nomini zikr etmaganligi diqqat jalb etdi.

“Tomonlar sulh kelishuviga to’la amal qilishi Suriyada barqarorlik o’rnatish va siyosiy yechim tashabbuslari uchun o’ta muhimdir. Turkiya bizning NATOdagi eng yaqin ittifoqdoshimizdir.  AQSh va Turkiya terrorizmga qarshi kurash va Suriyada to’qnashuvlarga barham berishdan birdek manfaatdor. Suriya siyosati bo’yicha Anqara bilan yaqin hamkorlikni davom ettiramiz”,-deydi u.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar