Iroq DEAShning o‘ldirilgan lideri Bog‘dodiyning yordamchisi Sami Jasimni qo‘lga tushirdi

Iroq DEASh terror tashkilotining o‘ldirilgan lideri Bog‘dodiyning yordamchisi Sami Jasimni qo‘lga tushirdi.

1717730
Iroq DEAShning o‘ldirilgan lideri Bog‘dodiyning yordamchisi Sami Jasimni qo‘lga tushirdi

Iroq Bosh vaziri Mustafa al-Kozimiy, DEASh terror tashkilotining o‘ldirilgan lideri Abubakir Bog‘dodiyning yordamchisi Sami Jasimni qo‘lga tushirganliklarini ma’lum qildi.

Kozimiy mavzu haqida Twitter hisobi orqali bergan bayonotida, Milliy Razvedka xizmatining Sami Jasimni qo‘lga tushirish uchun amaliyot uyushtirganliklarini ifoda etdi.

Iroq Bosh vaziri ushbu amaliyot haqida esa batafsil ma’lumot bermadi.

Qo‘lga olingan Sami Jasim ismli shaxsning DEASh terror tashkilotining moliyaviy masalalaridan mas’ul ekani va o‘ldirilgan to‘daboshi Bog‘dodiyga yordamchilik qilganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz:

DEASh lideri Bog‘dodiy 2019-yili Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) kuchlari tomonidan Suriyada o‘ldirilgandi.

AQSh Davlat kotibligi Sami Jasim ham doxil bo‘lgan bir guruh tashkilot yetakchilarining, qayerda ekanidan ma’lumot berganlarni esa mukofat bilan siylashga va’da bergandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #DEASh , #Sami Jasim , #Abubakir Bog‘dodiy

Aloqador xabarlar