BMT Afg‘onistondagi oziq-ovqat muammosiga e’tibor qaratdi

Erve Lyudovik De Lis bilan Meri-Ellen MakGroarti, Hirot shahriga uyushtirgan ikki kunlik tashrifi ortidan mamlakatda insonlarning yetarli darajada ovqatlana olmasligi haqidagi muammoning jiddiy bosqichga ko‘tarilganini ta'kidladi.

1715544
BMT Afg‘onistondagi oziq-ovqat muammosiga e’tibor qaratdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Afg‘onistonda 14 million kishining oziq-ovqat xavfsizligining og‘ir darajada yo‘qligi, yetarli darajada ovqatlana olmasligi va oziq-ovqat tanqisligining mamlakat bo‘ylab keng tarqaganini qayd etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) Afg‘oniston vakili Erve Lyudovik De Lis bilan Butunjahon oziq-ovqat dasturi Afg‘oniston vakili Meri-Ellen MakGroarti, Hirot shahriga uyushtirgan ikki kunlik tashrifi ortidan mamlakatda insonlarning yetarli darajada ovqatlana olmasligi haqidagi muammoning jiddiy bosqichga ko‘tarilganiga e’tibor qaratdi.

BMT rasmiylarining qayd etishicha, qish mavsumi yaqinlashar ekan afg‘onistonlik oilalariga toza ichimlik suvi, oziq-ovqat va tibbiy xizmatlar yetkazib berish uchun vaqtga qarshi kurashganliklarini ma’lum qildi.

BMT Bosh kotibi Matbuot xizmati vakili Stefan Dujarrik esa Afg‘onistonda 14 million kishining oziq-ovqat xavfsizligining og‘ir darajada yo‘qligi, qariyb 3.2 million bolaning esa bu yil oxirigacha yetarli darajada ovqatlana olmaslik xavfi ostida ekanini ta’kidladi.

Dujarrik yetarli darajada ovqatlana olmaslik va oziq-ovqat tanqisligining mamlakatda keng tarqaganini yodga solgan holda Afg‘onistonda bu yil oxirigacha 11 million kishiga yordam yetkazib berish uchun kerakli 606 million dollarning atigi 35 foizining yig‘ilganini ifoda etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) bilan Tolibon o‘rtasida 2020-yilning fevral oyida tuzilgan tinchlik kelishuvi doirasida bu yil xalqaro kuchlar Afg‘onistonni tark eta boshlar ekan jarayon ortidan poytaxt Kobulni qurshab olgan Tolibon, 15-avgust kuni Prezident Ashraf G‘anining mamlakatni tark etishi bilan shaharni qulaylik bilan nazorati ostiga olgandi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari 31-avgust kuni Afg‘onistondan chiqib ketish jarayonini boshlatdi.

 



Aloqador xabarlar