Gvineyada prezident to'ntarilgani e'lon qilindi

Gvineyada 83 yoshli prezident Alfa Konde ag‘darilgani va hukumat tarqatib yuborilgani haqida ma'lum qilindi.  Hukumat vakillari esa buni rad etib, poytaxt Konakrida tartib tiklanganini ilgari surmoqda.

1702860
Gvineyada prezident to'ntarilgani e'lon qilindi

 

Gvineyada 83 yoshli prezident Alfa Konde ag‘darilgani va hukumat tarqatib yuborilgani haqida ma'lum qilindi. 

Hukumat vakillari esa buni rad etib, poytaxt Konakrida tartib tiklanganini ilgari surmoqda.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, yakshanba kuni Kondening qarorgohi joylashgan hududda ayovsiz janglar bo‘lib o‘tgan, ijtimoiy tarmoqlarda prezident harbiy formadagi qurolli shaxslar qurshovida aks etgan video va suratlar tarqalgan.

Konde ag‘darilgani haqidagi xabarlar podpolkovnik Mamadi Dumbayya tomonidan e'lon qilingan. U prezident Alfa Konde uning qo'lida ekanligini aytib, hukumat tarqatilganligini, konstitutsiya amal qilishdan to‘xtaganini ma'lum qilgan.

U shuningdek, chegaralar yopilganligini ham qo'shimcha qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Alfa Konde yoqavayron holatda to‘liq qurollangan harbiylar davrasida aks etgan video va fotosuratlar paydo bo‘ldi, Konde ularni boshqarmayotgani va parishon holda ekani ko‘rinadi.


Tanlangan kalimalar: #Gvineya

Aloqador xabarlar