AQShga 23 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarosi olib kelingan

Vashington yaqinidagi Dulles aeroportiga keltirilgan afg’onlar AQShdagi 5ta shtatda joylashgan (Virginia, Wisconsin, New Mexico, New Jersey ve Indiana) 8ta aviabazaga joylashtirilmoqda.

1701711
AQShga 23 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarosi olib kelingan

 

AQSh Afg’onistondan evakuatsiya qilgan 23 mingdan ortiq afg’onni mamlakat hududidagi aviabazalarga joylashtirdi. 40 ming afg’on esa, xorij mamlakatlardagi harbiy bazalarga joylashtirilgan.

Bu haqda mahalliy matbuotda rasmiy hujjatlarga tayanib berilgan xabarlarda qayd etilgan.

Xabarga ko’ra, afg’onlar avvalo Qatar, Bahreyn, Quvayt, BAA, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Ispaniya va Italiyadagi AQSh va NATO harbiy bazalariga olib kelinmoqda, u yerda xavfsizlik tekshiruvidan o’tkazilgan afg’onlar AQShga ko’chirilmoqda.

Vashington yaqinidagi Dulles aeroportiga keltirilgan afg’onlar AQShdagi 5ta shtatda joylashgan (Virginia, Wisconsin, New Mexico, New Jersey ve Indiana) 8ta aviabazaga joylashtirilmoqda. Ma’lumotga ko’ra, ayni vaqtda AQShga 23 876 nafar Afg‘oniston fuqarosi olib kelingan.

Rasmiy hujjatlarga ko’ra, ayni vaqtda AQShning eng yirik aviabazalari joylashgan Germaniyada 15 ming 700 nafar, Qatardagi aviabazada esa, 11 ming 600 nafar afg’on vaqtinchalik joylashtirilgan.

Bundan tashqari, AQShdagi 5ta shtatda joylashgan 8ta aviabaza 32 ming kishiga mo’ljallangan bo’lib, 15 sentyabrga qadar ushbu hajmni 50 mingga chiqarishga buyruq berilgan.

Vashington Post gazetasining inson huquqlari bo’yicha rasmiylarga asoslangan hisobotida, shuningdek, o'n minglab afg'onlarning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarga e’tibor qaratilgan.

Hisobotga ko’ra, Afg'onistondan evakuatsiya qilingan afg’onlar AQShda joylashish huquqiga yoki boshqa qochqinlar huquqlariga ega emas. Ular moliyaviy yordamga muhtoj ahvolda qolishi mumkin.

AQSh hukumati afg'onlarga 90 kunlik cheklangan moliyaviy yordam ko’rsatadi, biroq bu yetarli emas, afg'onlarning tibbiy huquqlar va boshqa qochqinlarga ko'rsatiladigan maslahat xizmatlari kabi huquqlardan mahrum etilishi qayd etildi.

Hisobotda nodavlat tashkilotlar bu masalada hukumat bilan hamkorlik qilishi aytilgan, lekin Kongress ham shoshilinch mablag’ ajratishi zarur.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #AQSh

Aloqador xabarlar