AQSh uchogʻidan qulab jon berganlardan birining Zaki Anvari ekani aniqlandi

Afgʻoniston milliy terma jamoasida toʻp tepgan Zaki Anvari, AQSh Harbiy-havo kuchlariga oid Boeing C17 rusumidagi uchoqdan qulab, jon berdi.

1694483
AQSh uchogʻidan qulab jon berganlardan birining Zaki Anvari ekani aniqlandi

Afgʻoniston poytaxti Kobul aeroportida Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) uchogʻidan qulab jon berganlardan birining, futbol boʻyicha Afgʻoniston terma jamoasi oʻyinchisi Zaki Anvari ekani aniqlandi.

Afgʻoniston axborot agentligi “Ariana” tarqatgan ma’lumotga koʻra mamlakatning milliy terma jamoasida toʻp tepgan Zaki Anvari, AQSh Harbiy-havo kuchlariga oid Boeing C17 rusumidagi uchoqdan qulab, jon bergan.

Tolibonning Kobulni egallab olishi ortidan mamlakatdan qochishni xohlaganlar tufayli poytaxtdagi aeroportda xaos yuzaga kelgandi.

Ba’zi afgʻonistonliklar esa, aeroportdan koʻtarilgan Amerika uchogʻining qanot va boshqa qismlariga osilib, qochishga uringan.

Ana shu kishilarning uchoqdan yerga qulagan onlari kameralarda aks etgan.

Eslatib oʻtamiz 2021-yilning 15-avgusti haftaning yakshanba kuni poytaxt Kobul atrofini qurshab olgan Tolibon, Ashraf Gʻanining mamlakatni tark etishi va hukumat kuchlarining poytaxtdan chiqib ketishi bilan shaharni qulaygina nazorat ostiga olgandi.


Tanlangan kalimalar: #Zaki Anvari , #Afgʻoniston , #Tolibon

Aloqador xabarlar