Ashraf Gʻani yurtini qon toʻkilmasligi uchun tark etganini qayd etdi

Birlashgan Arab Amirliklarida ekanligi e’lon qilingan Gʻani, mamlakatni tark etganidan keyin birinchi marotaba bayonot berdi.

1693866
Ashraf Gʻani yurtini qon toʻkilmasligi uchun tark etganini qayd etdi

Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani yurtini, qon toʻkilmasligi uchun tark etganini qayd etdi.

Ashraf Gʻani Tolibon kuchlari 15-avgust haftaning yakshanba kuni Kobulga kirayotganida mamlakatni toʻsatdan tark etgani uchun sobiq vazirlar tomonidan qattiq tanqid qilindi.

Kecha Birlashgan Arab Amirliklarida ekanligi e’lon qilingan Gʻani, mamlakatni tark etganidan keyin birinchi marotaba bayonot berdi.

Gʻani oʻzining Facebook hisobi orqali boʻlishgan videolavhada, Afgʻonistondan qon toʻkilmasligi va buyuk falokatning oldini olish maqsadida tark etishga majbur qolganini bildirdi.

Gʻani shuningdek, prezidentlik saroyidan chiqar chogʻida buyuk miqdorda pul olgani haqidagi xabarlarning yolgʻon ekanini ham oʻz soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar