Tunis prezidenti deputatlarni daxlsizlikdan mahrum qildi

Tunis prezidenti Kais Said parlament ishini 30 kunga to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi va deputatlarni daxlsizlikdan mahrum qildi. U shuningdek, bosh vazir Hisham Mashishini iste'foga chiqarganini e'lon qildi.

1680121
Tunis prezidenti deputatlarni daxlsizlikdan mahrum qildi

 

Tunis prezidenti Kais Said parlament ishini 30 kunga to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi va deputatlarni daxlsizlikdan mahrum qildi. U shuningdek, bosh vazir Hisham Mashishini iste'foga chiqarganini e'lon qildi. Prezident bunday qarorni 25 iyulda mamlakatda hukumatga va 2011 yildan beri hokimiyatni egallab kelayotgan “An-Nahda” partiyasiga qarshi o‘tgan namoyishlardan keyin qabul qildi.

U konstitutsiyaga ko‘ra, prezident parlamentni tarqatish huquqiga ega emasligini, biroq “muqarrar xavf” holatida uning faoliyatini to‘xtata olishini ta'kidlab o‘tgan.

Bundan tashqari, prezident barcha deputatlar va bir qator amaldorlarga safarlar amalga oshirishni taqiqladi.

Ta'kidlanishicha, Tunis prezidenti tomonidan olingan ushbu qaror mamlakatdagi eng nufuzli siyosiy kuch –“An-Nahda” partiyasi o‘rtasidagi siyosiy qarama-qarshilikning davomi hisoblanadi.

Tunis parlamenti spikeri, “An-Nahda” yetakchisi Rashid Gannushi Saidni davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinishda ayblagan. U aholini “demokratiyani tiklash uchun tinch harakat qilishga” chaqirgan.

Tunisliklar hukumatning koronavirusga qarshi kurash choralari va iqtisodiy inqirozga qarshi chiqmoqdalar. Ular parlament tarqatilib, yangi saylovlar o‘tkazilishini, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini talab qilishmoqda.

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llagan. Namoyishchilardan ba'zilari hibsga olingan.

Saidning parlament faoliyatini to‘xtatish qaroridan keyin Tunis poytaxtiga hukumat armiyasi bo‘linmalari kiritilgan. Ular shahar markazi, jumladan, parlament binosi va milliy telekompaniya bosh qarorgohi joylashgan hududni egallagan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kais Said , #Tunis

Aloqador xabarlar