Fransiyada koronavirus cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda

Parijdagi Bastille maydonida boshlangan namoyishlarga mingdan ortiq kishi qatnashgan. Shuningdek, Lion, Dyunkerk, Perpinyan va Nitssa shaharlari aholisi ham norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.

1679930
Fransiyada koronavirus cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda

 

Fransiyaning qator shaharlarida "sanitar ruxsatnomalar" va ommaviy vaksinatsiyaga qarshi namoyishlar boshlandi.

Parijdagi Bastille maydonida boshlangan namoyishlarga mingdan ortiq kishi qatnashgan. Shuningdek, Lion, Dyunkerk, Perpinyan va Nitssa shaharlari aholisi ham norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda. Namoyishchilar Makronning iste'fosini talab qilishmoqda.

Fransiya ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan shanba kuni ana shunday namoyishlarda butun Fransiya bo'ylab kamida 164 mingga yaqin kishi ishtirok etgan. Ichki ishlar vaziri Gerard Darmanin ta'kidlashicha, Parijdagi namoyishlarda 9 kishi qo'lga olingan.

Kuni kecha Fransiya hukumati koronavirusga qarshi emlashni tezlatish bo‘yicha qonun loyihasini parlamentga taqdim etgandi. Rejaga ko‘ra, avgustdan sanitar ruxsatnomalar joriy etish va tibbiyot muassasalari xodimlarini majburan emlash ko‘zda tutilgan.

Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni 6 milliondan oshgan, 112 mingga yaqin bemor vafot etgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #namoyish , #Fransiya

Aloqador xabarlar