Suriyada Bashar Assad rejimi Idlibdagi Iblin qishlog'iga hujum uyushtirdi

Suriyada Bashar Assad rejimi va Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan terroristik guruhlar Idlib tarangligini kamaytirish zonasi chegaralari ichidagi Iblin qishlog'iga hujum qildi, 7 tinch aholi  halok bo’ldi va 3 tinch fuqaro yaralandi

1678791
Suriyada Bashar Assad rejimi Idlibdagi Iblin qishlog'iga hujum  uyushtirdi

Suriyada Bashar Assad rejimi va Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan terroristik guruhlar Idlib tarangligini kamaytirish zonasi chegaralari ichidagi Iblin qishlog'iga hujum qildi, 7 tinch aholi  halok bo’ldi va 3 tinch fuqaro yaralandi.

Suriya fuqarolik mudofaasi (Oq dubulg'a) manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, rejim kuchlari Idlibning janubida joylashgan Iblin qishlog'iga quruqlikdan quruqlikka o't ochadigan qurollar bilan hujum qilgan.

Hujum natijasida 7 tinch aholi, shu jumladan bir  ayol va 3 bola hayotdan ko'z yumdi.

Boshqa tomondan, muxolafat aviatsiya rasadxonasi, Rossiyaga tegishli deb xabar bergan harbiy samolyotlar, erta tongda Idlib janubidagi Bara, Ihsim va Mirayan qishloqlariga havo hujumi uyushtirish deya bildirdi.

2020 yil 5 martda Moskvada Turkiya va Rossiya o'rtasida sulh bitimi imzolangan edi.

Rejim kuchlari vaqti-vaqti bilan buzgan  ushbu sulh asosan saqlanib qolmoqda. 2017-2020 yillar davomida Rossiya va rejim kuchlari hujumlari tufayli taxminan 2 million tinch aholi Turkiya chegarasiga yaqin hududlarga ko'chib o'tishga majbur bo’ldilar.

Boshqa tomondan, Suriyadagi Bashar al-Assad rejimi, Isroil Xoms viloyatining ba'zi nuqtalariga havo hujumlari uyushtirganini da'vo qildi.

Assad rejimining xabar agentligi SANA, havo hujumidan mudofaa tizimlari raketalarning katta qismini qamrab olganligini, faqat moddiy zarar yetkazilganligini e'lon qildi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Idlib , #Suriya

Aloqador xabarlar