Kobulda prezident saroyi yaqinida raketalar portladi

Mahalliy matbuotda yoritilgan ma'lumotlarga ko‘ra, bu vaqtda saroyda prezident Ashraf G‘ani va boshqa yuqori mansabdor shaxslar hayit namozini ado etishayotgan bo‘lgan.

1678015
Kobulda prezident saroyi yaqinida raketalar portladi

 

20 iyul kuni Afg‘oniston prezidentining Kobuldagi saroyi yaqinida bir nechta raketa portladi. Raketalar Qurbon hayit namozi o‘qilayotgan vaqtda o'ta qattiq qo'riqlanadigan Yashil hudud"da joylashgan saroy tomonga otilgan.

Mahalliy matbuotda yoritilgan ma'lumotlarga ko‘ra, bu vaqtda saroyda prezident Ashraf G‘ani va boshqa yuqori mansabdor shaxslar hayit namozini ado etishayotgan bo‘lgan.

Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

O‘z navbatida 1TV telekanali saroy yaqinida 3 marta portlash ovozi eshitilganini ma'lum qilgan.

"Tolibon" harakati hujumga aloqador emasligini ma'lum qilgan.

"Tolibon" avvalgi bir necha yillardan farqli ravishda, bu yil Qurbon hayiti munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatishi haqida rasman e'lon qilmagandi.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Kobul

Aloqador xabarlar