DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya yigʻilishi oʻz ishini boshladi

DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya tarkibidagi davlatlarning vazirlar yigʻilishi Italiyada uyushtirilmoqda.

1666152
DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya yigʻilishi oʻz ishini boshladi

DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya tarkibidagi davlatlarning vazirlar yigʻilishi Italiya poytaxti Rimda uyushtirilmoqda.

Italiyaning Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan birgalikda uyushtirgan va dunyoning 80dan ortiq davlati va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etgan DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya vazirlar yigʻilishi, Rimdagi yarmarka markazida olingan oila fotosurati bilan boshladi.

Unda  Turkiya nomidan Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Italiya nomidan Italiya Tashqi Ishlar vaziri Luigi Di Maio, AQSh nomidan Davlat kotibi Entoni Blinken, NATO nomidan Bosh kotib Yens Stoltenberg va boshqalar ishtirok etmoqda.

Italiya Tashqi ishlar vaziri Di Maio, yigʻilish ochilishida soʻzlagan nutqida:

“DEASh, oʻz hududini qoʻldan boy berishi jihatidan magʻlub qilindi lekin tubdan yoʻq qilingani yoʻq. Haligacha amalga oshiriladigan koʻp ishlar bor. Shu bois Italiya Iroqda NATO missiyalari ishtirokini oshirishni rejalashtirmoqda”. - dedi.

AQSh Davlat kotibi Blinken ham bugun muhim yigʻilishda uchrashib turganliklarini ifoda etgan holda:

“DAEShga qarshi muhim yutuqlarga erishildi. Birgalikda faoliyat olib borganimiz uchun DAEShga qarshi ilgariladik lekin haligacha amalga oshiriladigan koʻp ishlar bor”. - deya gapirdi.

DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya tarkibidagi davlatlarning vazirlar yigʻilishi ortidan Italiya Tashqi Ishlar vaziri Di Maio va uning amerikalik hamkasbi Blinken, mushtarak matbuot anjumani uyushtiradi.

Boshqa tomondan, DAEShga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya tarkibidagi davlatlarning vazirlar yigʻilishi ortidan Suriya boʻyicha cheklangan vazirlar yigʻilishining ham oʻtkazilishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar