Armanistondagi parlament saylovida Nikol Pashinyan partiyasi g‘olib bo‘ldi

Armaniston Markaziy saylov qo‘mitasi, saylovchilarning 49.4 foizi ishtirok etgan saylovning norasmiy birinchi natijalarini ma’lum qildi.

1661832
Armanistondagi parlament saylovida Nikol Pashinyan partiyasi g‘olib bo‘ldi

Dastlabki norasmiy natijalarga ko‘ra, Armanistonda muddatidan oldin o‘tkazilgan parlament saylovida Nikol Pashinyan partiyasi g‘olib bo‘ldi.

Armaniston Markaziy saylov qo‘mitasi, saylovchilarning 49.4 foizi ishtirok etgan saylovning norasmiy birinchi natijalarini ma’lum qildi.

Shunga ko‘ra, iste’foga chiqqanidan keyin saylovlargacha vaqtinchalik bosh vazirlik vazifasini bajargan Pashinyanning “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi ovozlarning 53,92 foizini olish orqali birinchi, sobiq prezident Robert Kocharyan boshchiligidagi “Arman ittifoqi” partiyasi esa 21,1 foizlik ovoz bilan ikkinchi bo‘ldi.

Saylov natijalariga ko‘ra Pashinyan partiyasi 0,08 farq bilan 54 foizlik ovozga erisholmadi va bu bilan hukumatni yakka tuzish imkonini qo‘ldan boy berdi.

Ovozlarning 5,23 foizini olgan sobiq prezident va Bosh vazir Serj Sarkisyan tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Sharafim bor” partiyasi, talab qilingan eng kam ovozni qo‘lga kiritgan holda parlamentga kirishga muyassar bo‘lgan keyingi partiya bo‘ldi.

Kocharyan raislik qilgan “Armaniston ittifoqi” partiyasi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, saylov natijalarining hozircha tan olinmasligi qayd etildi va bu haqida:

“Muxolifatning olomon mitinglari va hukumatning ozchilik bilan olib borgan faoliyatlari umuman boshqacha his-tuyg‘ulardan dalolat beradi. Saylov uchastkalaridan uyushtirilgan va rejalashtirilgan firibgarlikka ishora qiluvchi yuzlab voqealar esa ishonchsizlikning eng asosiy belgisidir”. - dedi.

Pashinyan esa ovozlarni hisoblash jarayonida Facebook orqali bayonot berib unda, “Barcha sog‘lom siyosiy kuchlar” bilan muzokaralarni boshlashlarini ta’kidlagan holda,

“Ularning ham xalqning integratsiyasi va ijtimoiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish haqidagi fikrlarini tushunishga tayyormiz”. - degandi.

 

 



Aloqador xabarlar