Rossiyalik mutaxassislar epidemiologik vaziyatni o'rganish uchun Turkiyaga keldi

Delegatsiya tarkibiga Rossiyaning sanitariya nazorati uyushmasi va uning ilmiy-tadqiqot institutlari, Turizm bo‘yicha federal agentlik va Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli muassasa vakillari kiritilgan.

1660171
Rossiyalik mutaxassislar epidemiologik vaziyatni o'rganish uchun Turkiyaga keldi

 

Rossiyalik mutaxassislar delegatsiyasi epidemiologik vaziyatni baholash va aviaqatnovlarni qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Turkiyaga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida turizm sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. 

Delegatsiya tarkibiga Rossiyaning sanitariya nazorati uyushmasi va uning ilmiy-tadqiqot institutlari, Turizm bo‘yicha federal agentlik va Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli muassasa vakillari kiritilgan.

Mutaxassislar Turkiyada COVID-19 epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, pandemiyaga qarshi kurash va uni bartaraf etish yo‘llarini nazorat qiladi. Qolaversa, sayyohlarning sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha tajribalar o‘rganiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya epidemiologik vaziyat tufayli 15 apreldan 1 iyungacha Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatib qo‘ygandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar