AQShning Kaliforniya shtatida sodir etilgan otishmada 9 kishi halok bo'ldi

San Francisko shahriga qarashli San-Xose hududining politsiya departamenti tergov jarayonida insonlarni voqea joyidan uzoq turishga chaqirdi.

1646417
AQShning Kaliforniya shtatida sodir etilgan otishmada 9 kishi halok bo'ldi

 

AQShning Kaliforniya shtatida sodir etilgan otishmada 9 kishi halok bo'ldi. Ular orasida otishmani sodir qilgan shaxs ham bor.

San Francisko shahriga qarashli San-Xose hududining politsiya departamenti ma'lum qilishicha, voqea joyiga ko'plab politsiya yetib kelgan va otishmaga qarshilik ko'rsatgan.

"Bu hamon faol davom etayotgan bir voqea. Tergov jarayonida barcha ushbu hududdan uzoq turishini iltimos qilamiz",-deb ta'kidlagan politsiya departamenti.

Ma'lumotga ko'ra, otishma VTA temir yo‘l kompaniyasining kasaba uyushmasi uchrashuvida ro'y bergan. Otishmada 9 kishi, jumladan, otishmani sodir qilgan erkakning o‘zi ham halok bo‘lgan. 

Santa-Klara okrugi sherifi Rassel Devisning aytishicha, otishma vaqtida ko‘plab odamlar jabrlangan. Ularning soni ma'lum emas. Otishmani sodir etgan erkak 50 yoshda bo‘lgan, uning uyidan bir necha turdagi qurol va o‘q-dori topilgan.

Voqeaning qolgan tafsilotlari hozircha noma'lum.

 

 


Tanlangan kalimalar: #otishma , #Koliforniya , #AQSh

Aloqador xabarlar