Afg'onistonda sodir etilgan portlashda 50dan ortiq kishi halok bo'ldi

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligining rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, shanba kuni Kobul shahridagi maktab binosi oldida ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgan. 100dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar tarqatildi.

1636822

Xabarga ko‘ra, avtomobilga o‘rnatilgan bomba portlagan. Mashinaga artilleriya minalari o‘rnatilgan va masofadan turib portlatilgan.

Ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, jabrlanganlarning aksari 11-15 yoshlardagi qizlar bo‘lgan.

Portlash Kobul g‘arbida, asosan shia mazhabiga e'tiqod qiluvchi hazoriylar yashaydigan Dasht-a-Barchi tumanida sodir etilgan. Bu hudud avvaldan sunniy mazhabiga e'tiqod qiluvchi jangarilarning hujumlari nishonida bo‘lib keladi.

Bir yil muqaddam mahalliy shifoxonaga hujum uyushtirilishi oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, ularning aksari ayollar, bolalar va chaqaloqlar edi.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ushbu hujumda Tolibonni ayblagan va uni insoniyatga qarshi jinoyat, deb atagan. U toliblar bunday xatti-harakatlari bilan Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini ortga surayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Tolibon harakati esa, ushbu hujumga aloqador emasligini ma'lum qilib, hujumni qoralagan.

Tanlangan kalimalar: #portlash , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar