Jenevadagi Kipr muammosini hal qilishni ko‘zda tutgan yig‘ilishdan natija chiqmadi

Jenevadagi Kipr muammosini hal qilishni ko‘zda tutgan yig‘ilishdan natija chiqmadi lekin muammoni hal qilishdagi qarorlilik davom etmoqda.

1630731
Jenevadagi Kipr muammosini hal qilishni ko‘zda tutgan yig‘ilishdan natija chiqmadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres Kipr muammosini hal qilishni ko‘zda tutgan rasmiy tusdagi uchrashuvlarning boshlashi uchun, yetarli mushtarak zamin to‘polmaganliklarini qayd etdi.

BMT yetakchiligida Shveytsariyaning Jeneva shahrida kiprlik tomonlar bilan kafil mamlakatlar shu jumladan Turkiya, Gretsiya va Britaniya ishtirokida, 5+1 formatida uyushtirilgan va Kipr muammosini hal qilishni maqsad qilgan norazmiy yig‘ilishning oxirgi kundagi majlisi bo‘lib o‘tdi.  

BMT Bosh kotibi Guterres konferensiya ortidan, “Kipr muammosini hal qilishni ko‘zda tutgan rasmiy tusdagi uchrashuvlarning boshlashi uchun, yetarli mushtarak zamin to‘polmadik”. - dedi.

Guterres Kipr masalasida muloqatni davom ettirish va ijobiy tusda natijalar qo‘lga kiritish uchun qo‘llaridan kelgan hamma ishni qilishda qarorli ekanliklarini bildirdi.

Jenevada 5+1 formatidagi norazmiy Kipr masalasi haqidagi konferensiya 27 - aprelda boshlagandi.


Tanlangan kalimalar: #Kipr masalasi , #Antonio Guterres , #Jeneva

Aloqador xabarlar