Myanmada sodir bo'lgan to'qnashuvlarda 10 harbiy halok bo’ldi

Myanmaning Bangladeshga chegaradosh Mindat shahrida harbiy to’ntarishga qarshi bo’lgan qurolli guruhlar bilan Myanma qo’shini o’rtasida to’qnashuv yuz berdi.

1629710

To’qnashuvlarda Myanma qo’shinidan kamida 10 harbiy halok bo’ldi.

1 fevral kuni sodir etilgan harbiy to’ntarishdan so’ng namoyishchilarni Myanma qo’shinidan himoya qilish maqsadida tuzilgan Chinland mudofaa bo’linmalari (CDF) yetakchisi voqea tafsilotlari haqida The Irrawaddy gazetasiga intervyu berdi.

Uning ta’kidlashicha, kecha oqshom shaharning tog’li hududlarida qo’shin konvoyiga sodir etilgan bosqin oqibatida kamida 10 harbiy halok bo’lgan va otishmalar kuni bilan davom etgan. Qo’shin erta tonggacha hujumlarni to’xtovsiz davom ettirgan.

“Artilleriyadan hujumga o’tdilar. Bombardimon ostida qoldik”,-deydi u.

Tanlangan kalimalar: #Myanma

Aloqador xabarlar