Britaniya Shimoliy Kipr Turk Respublikasini mustaqil davlat sifatida tan olishi mumkin

Bu haqda The Sunday Express gazetasining Jonson hukumatiga yaqin manbalarga tayanib bergan xabarida ma'lum qilingan.

1628374
Britaniya Shimoliy Kipr Turk Respublikasini mustaqil davlat sifatida tan olishi mumkin

 

Britaniya Shimoliy Kipr Turk Respublikasini mustaqil davlat sifatida tan olishni ko’zlamoqda.

The Sunday Express gazetasining Jonson hukumatiga yaqin manbalarga tayanib bergan xabariga ko’ra, 27-29 aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Kipr masalasiga bag’ishlangan muzokaralar o’tkazilishi kutilmoqda.

Muzokaralarda biron kelishuv tuzilmagan taqdirda, Britaniya Shimoliy Kipr Turk Respublikasini mustaqil davlat sifatida rasman tan olishi qayd etildi. Bu orolda tomonlar o’rtasida muvozanatni saqlaydigan qadam deb baholandi.

Gazetaning yozishicha, rasmiy ravishda tan olingan taqdirda, Britaniya bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnovlar yo’lga qo’yiladi.

Ana o’shanda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi inglizlar uchun eng jozib dam olish maskaniga aylanishiga e’tibor qaratildi.



Aloqador xabarlar