Donald Tramp amaldagi prezident Jo Baydenning siyosatini tanqid qildi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Fox News kanaliga intervyu berdi.

1624693
Donald Tramp amaldagi prezident Jo Baydenning siyosatini tanqid qildi

 

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi prezident Jo Baydenning Xitoy bilan Rossiyani bir-biriga yaqinlashtirganligini va buning AQSh uchun “eng yomon narsa” ekanligini ilgari surdi.

Tramp bu haqda Fox News kanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Tramp prezidentlik davrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kabi yetakchilar bilan yaxshi kelishib olganligini va mintaqada kuchli liderlar bilan o’zaro kelishish AQSh uchun yaxshi oqibatlarga olib kelishini bildirdi.

“Rossiyani Xitoyning qo’liga topshirish o’rniga, Rossiya bilan kelishib olish kerak va ular bilan hamkorlik qilishimiz zarur. Qo’l uriladigan eng salbiy holat Xitoy bilan Rossiyani yaqinlashtirishdir. Hozirda ular birgalikda harakat qilyabdilar”,-deb aytgan Tramp.

Pandemiya boshlanguniga qadar Xitoy davlat rahbari Shi Jinping bilan yaxshi kelisha olganligini aytgan Tramp, Xitoy bilan tuzgan savdo kelishuvlari amerikalik ishlab chiqaruvchilar uchun samarali bo’lganligini ma’lum qildi.

AQSh janubida oxirgi paytlarda avj olgan noqonuniy migratsiya bo’yicha Bayden hukumatini ayblagan Tramp, Baydenning siyosati mamlakatga katta zarar keltirganligini ilgari surdi.

Tramp chegaradagi vaziyatni “dahshatli” deb baholar ekan, “Juda qo’rqinchli holat. Mamlakatimizni vayron qilishyabdi. Insonlar oqimi kelmoqda. Avval bunday narsa hech uchramagandi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Jo Bayden , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar