Isroil politsiyasi bilan falastinlik yoshlar o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Quddusda Isroil politsiyasi bilan falastinlik yoshlar o‘rtasida janjal kelib chiqdi.

1622514
Isroil politsiyasi bilan falastinlik yoshlar o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Isroil politsiya xodimlari Quddusda falastinliklarga to‘siqlik qildi.

Eski shahardagi muqaddas al - Aqsa masjidida o‘qilgan tarovih namozi ortidan Shom darvozasi (Nablus) atrofida yig‘ilgan o‘nlab falastinlik yoshlar bilan Isroil politsiyasi o‘rtasida janjal kelib chiqdi.   

Vaqti - vaqti bilan takbir aytib hayqirgan falastinlik yoshlarga, Isroil politsiyasi ovozli bombalar orqali qarshilik ko‘rsatdi.  

Shom darvozasidan Sohira darvozasigacha davom etgan Qonuniy Sulton Sulaymon prospekti bo‘ylab yoshlarni tarqatish uchun otli Isroil politisyasi mintaqani aylanib chiqdi.  

Isroil politisyasi bilan falastinlik yoshlar Eski shahar atrofida bir - birini kuzatdi.  

Isroil politsiyasi ba’zi falastinlik yoshlarni nazorat ostiga olar ekan, ba’zilarini esa kaltakladi.



Aloqador xabarlar