Nigeriyada katta bahsga yo‘l ochgan maktablar takror ochildi

Nigeriyada musulmon o‘quvchilarning ro‘mol orashiga qarshi chiqilishi yuzasidan bekitilgan maktablar takror ochildi.

1619404
Nigeriyada katta bahsga yo‘l ochgan maktablar takror ochildi

Nigeriyaning Kvara shtatidagi maktablarda musulmon o‘quvchilarning ro‘mol orashiga qarshi chiqilishi yuzasidan bekitilgan 10 ta maktab takror ochildi.

Kvara shtati Ta’lim vazirligi doimiy kotibi Meri Adeos, Kvara hokimi Abdulrahmon Abdulrazzoqning buyrug‘i bilan shtat poytaxti Ilorinda bekitilgan 10 ta maktabning bugundan e’tiboran takror ochilganini ma’lum qildi.

Adeosning qayd etishicha, o‘quvchilarning xavfsiz ravishda darslarda ishtirok eta olishi uhun choralar ham ko‘rilgan.

Hukumat, Kvara shtatida anchadan beri kun tartibida bolgan maktablardagi ro‘mol muammosini hal qilish uchun barcha maktablarda musulmon qiz o‘quvchilarning ro‘mol orashi masalasiga 26 - fevralda ruxsat bergandi.

Qarorni musulmonlar xursandchilik bilan qarshi olar ekan, xristianlar qarshi chiqqandi.

Shu bois Kvara shtatida 10 ta davlat maktabi 8 - mart kuni, musulmon va xristian diniy liderlarining qiz o‘quvchilarining ro‘mol orashi masalasida kelisholmagani bois bekitildi.

Shtat hukumatining qarori asosida 17 - mart kuni takror ochilgan maktablarning birida musulmon qiz o‘quvchining maktabga kirishiga to‘siqlik qilinishi sababli ikki guruh o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvda 5 kishi tan jarohati olgandi.



Aloqador xabarlar