Myanmadagi to‘qnashuvlarda qurbonlar soni 706 nafarga yetdi

Myanmada siyosiy mahkumlarga yordam berish uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, so’nggi bir sutkada yana 5 kishi hayotdan ko’z yumgan. Harbiy to’ntarishga qarshi chiqqan 657 kishining hibsga olinishiga order berilgan.

1619534
Myanmadagi to‘qnashuvlarda qurbonlar soni 706 nafarga yetdi

 

Myanmada harbiylar va namoyishchilar orasida davom etayotgan to‘qnashuvlarda bir kun ichida 83 kishi halok bo‘ldi. 11 aprel holatiga ko‘ra, fevral boshidan beri davom etayotgan to‘qnashuvlarda halok bo'lganlar soni 706 nafarga yetdi.

Myanmada siyosiy mahkumlarga yordam berish uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, so’nggi bir sutkada yana 5 kishi hayotdan ko’z yumgan. Jami qurbonlar soni 706 nafarga yetgani tasdiqlanar ekan, 3059 kishi qo’lga olinganligi qayd etildi. Hisobotga ko’ra, harbiy to’ntarishga qarshi chiqqan 657 kishining hibsga olinishiga order berilgan.

Xalqaro Fitch Solutions tashkiloti taxminiga ko’ra, bu yil Myanma iqtisodiyoti 20 foizga pasayadi.

Eslatish joizki, joriy yilning 1 fevral kuni Myanmada harbiy to‘ntaruv amalga oshirilib, mamlakat rahbariyati hokimiyatdan chetlatilgandi. Davlat rahbari va boshqa yetakchilar, hukumatdagi partiya rahbarlari qo’lga olingandi.

Mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat rejimi e’lon qilingandi. O‘shandan beri mamlakatda harbiylar siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Namoyishlar kuch tuzilmalari tomonidan keskin tarzda bostirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #to'qnashuv , #Myanma

Aloqador xabarlar